tg-me.com/Conordevs_Blogs/328
Last Update:
Kuni kecha bizning ilmiy rahbarimiz bir maqolani biz bilan ulashib qoldi:
Massachusetts Texnologiya Instituti (MIT) olimlari tomonidan o'tkazilgan so'nggi tadqiqot sun'iy intellekt vositalarining inson miyasi faoliyatiga ta'siri borasida jiddiy xavotir uyg'otdi. 4 oy davom etgan eksperiment natijalari ChatGPT kabi AI vositalarining inson kognitiv salohiyatiga salbiy ta'sir ko'rsatishini ko'rsatmoqda.
Tadqiqotda ishtirok etganlar orasida 83.3% foydalanuvchi o'zlari bir necha daqiqa oldin yozgan matndan bir parcha keltira olmadilar: "Yozdimmi? Nimani yozdim o'zi?"
Ya'ni, siz ChatGPT bilan birga maqola yozasiz, tugmasini bosasiz, va miyangiz: "Rahmat, o'ylashimga hojat qolmadi." deb dam olishga o'tadi.
MIT tadqiqotchilari bu holatni "kognitiv qarz" deb atashmoqda, ya'ni inson miyasi sun'iy intellektga haddan tashqari tayangani uchun mustaqil ishlash qobiliyatini yo'qotmoqda.
EEG qurilmalari orqali o'lchangan miya faoliyati shuni ko'rsatdiki, foydalanuvchilarning neyron aloqalari 79 tadan 42 taga qisqargan β bu 47% kamayish degani.
Tadqiqotchilar bu holatni quyidagicha izohlaydi:
"Agar sizning kompyuteringiz ishlov berish kuchining yarmidan ayrilsa, siz uni buzilgan deb hisoblaysiz. Xuddi shunday narsa hozir inson miyasida ro'y bermoqda."
Nafaqat EEG sensorlar, balki o'qituvchilar ham farqni sezmoqda:
O'qituvchilar AI bilan yozilgan matnlarni darrov tanimaydi ekan, lekin qandaydir his qilishar ekan. Ularning ta'riflari quyidagicha:
- βMukammal til, lekin jon yo'q.β
- βShakl bor, mazmun yo'q.β
- βHamma narsa joyida, lekin shaxsiy fikr yo'q.β
Shu bilan birga, ChatGPT foydalanuvchilari AI'siz yozishga majbur bo'lganda, ular AI'dan umuman foydalanmaganlardan yomonroq natija ko'rsatgan.
Ha, ChatGPT sizning ishingizni 60 % tezlashtirishi mumkin. Ammo tadqiqotchilar ogohlantirmoqda: bu vosita o'rganish uchun zarur bo'lgan kognitiv yuklama (germane cognitive load) ni 32% ga kamaytiradi.
Tadqiqot mualliflari bu natijalarni "fikrlash mushaklarining atrofiyasi" deb atamoqda. Inson miyasi faol bo'lmasdan qolaversa, u mustaqil fikrlash qobiliyatini yo'qota boshlaydi.
Hullas, raxmat qiziqarli maqola uchun
@kilich_bek_blog